XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 64-SESSIYASI

×

 2024-01-24 14:54:51    190

PDF yuklash
Chop etish


Bugun tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashining navbatdagi 64-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

????Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalaga aloqador tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.Bugungi sessiya kun tartibiga qo‘yidagi masalalar kiritildi:

1-masala: “2023 yil davomida hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati” yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Rishton tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Sh.Rahimov axboroti.

2-masala: Farg‘ona viloyati Adliya boshqarmasi Rishton tumani adliya bo‘limining tumandagi davlat   organlari va tashkilotlarida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha 2023 yilni 4-choragi  davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida bo‘lim boshlig‘i I.Isaqov axboroti.

3-masala: Rishton tuman  prokurori R.Mehmonovning 2023 yilda tumanda qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurash va uning oldini olish borasida oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi  hisoboti.

4-masala: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.11.20 yil kungi “Sud xujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6118 sonli farmoni ijrosi bo‘yicha  O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining  Rishton tuman bo‘limi tomonidan  2023 yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida bo‘lim boshlig‘i S.Qurbonov axboroti. 

5-masala: Rishton tuman IIB tomonidan  “Tuman hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish, uni oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘nalishi bo‘yicha 2023 yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida” tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari F.Mirzayev hisoboti.

6-masala: Rishton tumanida hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 2023 yil  davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan sektorlar rahbarlari hisobotlari.

7-masala: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 09-yanvardagi “2024 yilda yangi ish o‘rinlarni tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida” gi PQ-7 sonli qarorini tumanda ijrosi yuzasidan tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i J.Rahimov axboroti.

8-masala: Rishton tumanida 2023 yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar to‘g‘risida tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i I.Djo‘rayev axboroti. 

9-masala: Rishton tuman Mahalliy byudjetning 2023 yil  davomida tuman mahalliy budjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasiga kiritilgan o‘zgarishlari to‘g‘risida tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i I.Djo‘rayev axboroti. 

10-masala: Rishton tumani mahalliy byudjetining 2024 yilgi asosiy ko‘rsatkichlari yuzasidan VI-63-128-11-158-K/23-son Qarori bilan tasdiqlangan bazaviy soliq stavkalarini tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlari kesimidagi yoyilmasi  bo‘yicha tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i I.Djo‘rayev axboroti.Sessiyada kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar o‘z fikrlarini muzokara davomida bildirdilar. Qo‘yilgan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi va sessiya o‘z ishini yakunladi.


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab