Jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi organlari muvofiqlashtiruvchi Kengashining navbatdagi yig‘ilishida muhim vazifalar muhokama qilindi
2024-01-19 13:28:10 189
Rishton tumani hokimligida jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi organlari muvofiqlashtiruvchi Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Rishton tumani hokimi, sektor rahbarlari, tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari, tuman prokuraturasi, ichki ishlar bo‘limi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbariyati, mahalla raislari, hudud profilaktika inspektorlari xamda kun tartibidagi masalalarga aloqador tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda asosan, o‘tgan yil davomida tumanda umumiy jinoyatchilik holati, dinamikasi, jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar masalalari muhokama qilindi.
Tuman jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi organlari muvofiqlashtiruvchi Kengashining 2-yarmiga mo‘ljallangan ish rejasiga asosan 2023 yilning 12 oyi davomida tumanda umumiy jinoyatchilik ahvolini oshgan jinoyat turlariga e’tibor bergan holda fosh etilmagan jinoyatlar yuzasidan dastlabki tergov va tezkor-izlov, qidiruv faoliyatini shuningdek giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasini oldini olishga qaratilgan tadbirlar hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini o‘tganish natijalari xususida tuman prokurori o‘rinbosari B. Meliboyev ma’ruza qildi.
Yig‘ilishda shuningdek hisobot davrida tumanda sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar, ushbu xavfli illatlarni keltirib chiqargan sabablari batafsil tahlil qilinib, mutasaddilar bilan savol-javob qilindi.
Jinoyatchilikni jilovlash yuzasidan belgilangan muhim vazifalarni tegishli mas’ul tashkilotlarning mustahkam hamkorligida og‘ishmay ado etish yuzasidan qo‘shimcha zaruriy chora-tadbirlar belgilab olindi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi