DUV-DUV GAP TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

×

 2024-01-08 15:49:33    152

PDF yuklash
Chop etish


Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!

 “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostidagi “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari tumanimizning Jalayer, Saroy, Nosgar, M.Topvoldiyev va Markaz MFYlarida bo‘lib o‘tdi.   
Tadbirlarda nuroniylar, yoshlar, ziyolilar hamda turli soha vakillari ishtirok etdilar. 
Tadbirda so‘z olgan nuroniylar 2023 yil 22 dekabr kuni Prezidentimiz raisligida bo‘lib o‘tgan respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi yig‘ilishidagi ustuvor vazifalar haqida gapirib,  yangi – 2024 yilning ilk kunlarida o‘ziga xos ko‘tarinki kayfiyat baxsh etgan mazkur ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvning mazmun-mohiyatiga batafsil to‘xtalib o‘tdilar.    Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlar  tumanimiz misolida tadbir ishtirokchilariga hayotiy misollar va dalillar orqali yana bir bor yetkazildi. Bu haqda hikoya qiluvchi videorolik namoyish etildi. 
Tuman madaniyat bo‘limi  san’atkorlari ijrosidagi kuy va qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilariga birday manzur bo‘ldi. 

RISHTON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 92 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab