“Mehr daftari”ga kiritilgan bolalarni orzu-istaklari ro‘yobga chiqarilmoqda
2023-12-27 17:15:39 188
Ma’lumki, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Mehr daftari” tizimi joriy etilgan. Bu borada ham Rishton tumamanida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Yangi yil bayrami arafasida mazkur daftarga kiritilgan 7 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni muammo hamda orzu-istaklari ro‘yobga chiqarildi.
Tadbirda Rishton tumani hokimi Bahodir Xoliqov, sektor rahbarlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Tuman hokimi yig‘ilganlarni yangi yil bayrami bilan muborakbod etib, yosh avlodga davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Orzulari ushalgan yoshlar ko‘rsatilayotgan e’tibordan mamnun ekanliklarini bildirishdi. Mas’ullar tomonidan kelgusida ham tumanimizdagi “Mehr daftari”ga kiritilgan yoshlarning orzu-istaklarini amalga oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarning olib borilishi ma’lum qilindi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi