Hokim va yoshlar uchrashuvi

×

 2023-12-21 11:18:43    146

PDF yuklash
Chop etish


Bugun tumandagi "Madaniyat markazi"da tuman hokimi Bahodir Xoliqov faol yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda sektorlar rahbarlari hamda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan sport musobaqalari, intellektual tanlovlar g‘olib va sovrindorlari ishtirok etishdi.
“Hokim va yoshlar” uchrashuvida tuman hokimi so‘zga chiqib, tumanda o‘tgan davr mobaynida yoshlarga oid davlat siyosati sohasida olib borilgan ishlar, amalga oshirilgan islohotlar to‘g‘risida ma’lumot berib, davlatimiz tomonidan yoshlarga qaratilayotgan e’tibor to‘g‘risida gapirib o‘tdi. Ta’kidlandiki, joriy yil tuman yoshlari uchun yutuqlarga boy bo‘ldi. Yoshlarimiz har sohada, sportda yuqori marralarni qo‘lga kiritdilar. Ayniqsa, sportchi yoshlar xalqaro, respublika miqyosida o‘tkazilgan sport musobaqalarida faxrli o‘rinlarni egalladilar.Tadbirda tuman hokimi yurtimizda yoshlar uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilganligi, ulardan esa faqatgina unumli va oqilona foydalangan yoshlargina o‘z kelajagini hozirdan bunyod eta olishlarini ta’kidlar ekan, yoshlarning barcha murojaatlarini eshitishga tayyor ekanligini bildirdi. 
Uchrashuv davomida o‘z yutuqlari bilan tumanni rivojlantirish va yuksaltirish ishiga hissa qo‘shib kelayotgan, Vatanga muhabbat va sadoqat, tashabbuskorlik va tashkilotchilik borasida tengdoshlariga alohida namuna ko‘rsatayotgan bir guruh yoshlar tuman hokimining sertifikatlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 120 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab