INSON MANAFAATI YO‘LIDA
2023-12-16 09:03:41 196
Tuman hokimi va sektor rahbarlari mahallalarda borib hayotiy muammo va murojaatlarini hal etish maqsadida aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochiq muloqotlar o‘tkazishmoqda va muammolarini tinglashmoqda. Bu esa mamlakatimizda inson qadri naqadar aziz ekanligidan dalolat bermoqda. Xususan, “Yangi avlod” MFYda yashovchi Soyimaxon Tursunova uchun ham tuman hokimining xonadoniga kelgani kutilmagan hol bo‘ldi. Ushbu fuqaro payshanba kuni hokim qabulida bo‘lib, murojaat qilgan edi. Uning murojaati ijobiy hal etildi.
- Sizni yordamga muxtoj fuqarolar xonadoniga borib, ularning holidan xabar olayotganingizni eshitib xursand bo‘ldim. Ochig‘i, sizni tashrifingiz menga ham quvonch baxsh etdi. Yurtimizda inson qadri ulug‘lanayotganidan, bizdek yordamga muxtoj fuqarolarga ko‘mak berilayotganidan benihoyat xursandman. Barcha rahbarlarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman, - deydi Soyimaxon Tursunova.
Rishton tumani hokimligi Axborot xizmati
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi