RISHTONLIK KULOLLAR NOVOSIBIRSKDA

×

 2023-12-09 09:58:10    171

PDF yuklash
Chop etish


So‘nggi yillarda Rishtonlik usta kulollarning turli seminar va ko‘rgazmalarda ishtirok etishi odatiy holga aylanib qoldi. Ayni damda “Hunarmand” uyushmasi Rishton tuman bo‘limi boshlig‘i B.Yunusov boshchiligidagi 10 nafar an’anaviy Rishton kulolchiligi ustalaridan iborat Rishton delegatsiyasi Rossiya federatsiyasining Novosibirsk shahrida bo‘lib turishibdi. U yerda 8-16 dekbr kunlari “TurkSib. Ijodkorlik va do‘stlik yo‘li” nomli Xalqaro ijodiy loyiha tadbirlari bo‘lib o‘tadi.
Ushbu loyihada O‘zbekiston, Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston, Azarbayjon, va boshqa davlatlar ishtirok etadi. “TurkSib Ijodkorlik va do‘stlik yo‘li” loyihasining asosiy maqsadi: eski, an’anaviy hunarmandchilikning yo‘qolib ketgan turlarini (asosan kulolchilik) hamkorlikda qaytadan tiklash va ushbu loyihada ishtirok etayotgan davlatlarda “TurkSib” xalqaro fondi tomonidan ko‘rgazma-yarmarkalar, Savdo o‘ylari va innovasion loyihalarni tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Delegatsiyani taniqli kulol, O‘zbekiston Respublikasi badiiy Akademiyasi a’zosi, O‘zbekiston Xalq ustalari uyushmasi a’zosi, xalqaro keramika markazi direktori, an’anaviy keramika maktabi o‘qituvchisi Alisher Nazirov boshqaradi.  Keramika ustalari Sibirdagi hamkasblari uchun mahorat darslari o‘tkazadilar va "Rossiya-mening tarixim" tarixiy bog‘ida O‘zbekiston Respublikasining "koinot g‘ildiragi" dekorativ – amaliy san’ati ko‘rgazmasini ochadilar. Loyiha doirasida "Sibir mehmondo‘stligi" xalq an’analari kuni, "hunarmandchilikning Milliy xususiyatlari" davra suhbati, "Sibir va O‘zbekiston Respublikasi ustalari o‘rtasida xalqaro madaniy almashinuv istiqbollari" davra suhbati, "Sharqiy bozor" ko‘rgazma-yarmarkasi, "o‘zbek dastarxoni" xalq an’analari kuni, Novosibirsk rassomlarining ustaxonalarida ekskursiyalar va qo‘shma ishlar o‘tkaziladi.


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab