PANDIGON YANGICHA QIYOFA KASB ETDI

×

 2023-12-07 16:19:17    166

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligiga bag‘ishlab “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlari joriy etilayotgan Pandigon mahalla fuqarolar yig‘inida “Konstitutsiya - xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tantanali bayram shodiyonalari bo‘lib o‘tdi.Tadbirda viloyat hokimi Xayrulla Bozorov, viloyat hokimining o‘rinbosarlari Fayzullajon Qosimov, viloyat va tuman sektor rahbarlari, Qirg‘iziston Respublikasining Qadamjoy, Batken tumani hokimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.Bayram kechasida so‘z olganlar tomonidan Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Inson qadri uchun” tamoyili asosida yurtimizda keng ko‘lamda islohotlar amalga oshirilayotganligi yana bir bor ta’kidlandi. Pandigon mahalla fuqarolar yig‘inida “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlari joriy etilib, qisqa vaqt ichida olib borilgan bunyodkorlik ishlari buning isboti sifatida ko‘rsatib o‘tildi.Uzoq yillik tarixga ega ushbu mahallaga 8,4 milliard so‘mdan ortiq Respublika va viloyat byudjeti mablag‘lari sarflanib, hudud infratuzilmasi yaxshilandi va aholining yashash tarzi o‘zgardi. Mahalladagi 755 ta xonadon xatlovdan o‘tkazildi. Aniqlangan muammolar bartaraf etildi. Ehtiyojmand oilalarga moddiy va ma’naviy ko‘mak berildi.O‘tgan davr mobaynida Pandigon mahallasida tamomon yangi qiyofa kasb etdi. Xususan, Yangi-hayot, Maktab, Shifokorlar, Tosh-yo‘li, Namuna va Istiqbol ko‘chalarining 3 km qismi  asfaltlashtirildi. Maktab, Namuna, Mustaqillik, Navruz, Shodlik ko‘chalarining 3,5 km qismida shag‘allashtirilib, asfaltlash ishlariga tayyor holatga keltirildi. Tosh yo‘li ko‘chasida 450 metr qismida piyodalar yo‘lakchasi barpo etildi.Mustaqillik, Maktab, Shifokorlar, Tosh-yo‘li, Namuna va Shodlik ko‘chalariga 203 dona beton tayanch ustunlari o‘rnatilib, 6,5 km SIP kabellari tortildi. Mustaqillik ko‘chasiga 250 kVAli yangi transformator o‘rnatildi. Tosh-yo‘li va Shodlik ko‘chalaridagi 2 dona 100 kVAli transformatorlar joriy ta’mirlandi.Mahalla fuqarolar yig‘inidagi Ko‘klam, Pirkop, Shifokorlar, Tosh-yo‘li, Namuna, Yangi-xayot, Maktab ko‘chalariga  7,4 km ichimlik suvi tarmog‘i tortilib, 1 dona ichimlik suv qudug‘i rekonstruksiya qilindi, 1 dona suv nasosi o‘rnatildi. 1 dona suv minorasi rekonstruksiya qilindi . Aholiga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida, maxalla faolligi oshirish, yoshi ulug‘ otaxonlarni e’zozlash hamda tadbirkorlarni qo‘llab-quvatlash maqsadida “Jamoatchilik markazi”, “Otalar guzari”, “Tikuvchilik syexi” lari barpo etildi.Shifokorlar ko‘chasida joylashgan “Oilaviy shifokorlik punkti” 300 mln so‘m mablag‘ sarflanib, joriy ta’mirdan chiqarildi.  Axoli salomatligi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida kerakli tibbiyot uskunalari bilan jihozlandi. Mahalla axolisini tomorqalarini samarali foydalanish maqsadida 182 ta xonadon tomorqalariga 45 kgdan ortiq urug‘lar tarqatilib 90 bosti ekinlari ekildi. Mahalladagi 675 ta xonadonlarda obodonlashtirish ishlari olib borilib, ko‘cha va xonadonlar qismidan 15 260 tup mevali va manzarali daraxtlar ekildi. Xonadonlardan shu kungacha 255,6 tonna chiqindi olib chiqildi.Bundan tashqari «Obod xonadon – obod ko‘cha –obod mahalla» mezonlari asosida mahallada bunyodkorlik ishlari olib borildi, va mahalladagi kam ta’minlangan oilalar xonadonlarini fasad va tom qismini ta’mirlash uchun axoli va xomiylar xisobidan 300 mlndan ortiq mablag‘ sarflanib, 11 ta ko‘chada yashovchi xonadonlarda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Xatlov natijasida aniqlangan 88 nafar ishsiz fuqarolar ishga joylashtirilib bandligi ta’minlandi.  Shuningdek 4150 nafar fuqarolar  tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.       39 nafar fuqarolarga bepul dori-darmonlari tarqatildi, 6 nafar fuqaroga order berilib davolanish uchun sixatgoh va salomatlik markazlariga joylashtirildi.“Konstitutsiya - xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” shiori ostida tashkil etilgan bayram tadbiri Respublika targ‘ibot guruhi a’zolarining chiqishlari, viloyatimizda faoliyat olib borayotgan san’atkorlarning go‘zal kuy-qo‘shiqlari bilan fayz oldi. Yig‘ilganlarda yurtga mehr-muhabbat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 103 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab