“Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” dasturi amalda
2023-12-01 11:34:45 185
Barchamizga ma’lumki Rishton tumanidagi Pandigon mahallasida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish, hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash va og‘ir hudud toifasidan chiqarish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Qisqa muddatda mazkur mahalla har jabhada eng namunaviy, obod, go‘zal hududga aylantirildi.
Bugun Pandigon mahallasida tumandagi sektor rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda tuman hokimining o‘rinbosarlari, “Obod xonadon-obod ko‘cha-obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha tuman shtabi tarkibi a’zolari, Pandigon MFYning mutasaddilari, shuningdek tegishli korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda tuman hokimi tomonidan 1-7 dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qiliinganligining 31 yilligiga bag‘ishlab Shomirza mahalla fuqarolar yig‘inida “Konstitusiya - xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan huquqiy targ‘ibot, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy hamda bayram tadbirlaridan iborat “Konstitusiya haftaligi”ni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha rejalashtirilgan tadbirlar xususida so‘z yuritdi.
Mas’ullarga “Obod xonadon-obod ko‘cha-obod mahalla” mezonlari joriy etilayotgan Shomirza mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasi qabul qilinganligining 31-yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish haqida ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi