Ijtimoiy soha ob’yektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

×

 2023-11-29 14:14:05    125

PDF yuklash
Chop etish


????Asta-sekin kuz fasli ham oxirlab, sovuq kunlar boshlanmoqda. Shundan kelib chiqib ayni paytda tumandagi ijtimoiy soha ob’yektlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining qishgi mavsumga tayyorligi alohida nazoratga olinmoqda.
????Shu munosabat bilan tuman hokimi tegishli soha rahbarlari bilan birgalikda ijtimoiy soha ob’yektlari, jumladan, maktab, matabgacha ta’lim tashkilotlari hamda tibbiyot punktlarida bo‘lib, ushbu muassasalardagi qishgi mavsumga tayyorgarlik holati bilan yaqindan tanishmoqda.
✍️ Rishton tuman hokimi Bahodir Xoliqov  tumanimizdagi 34-sonli va 59-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lib, u yerdagi qishki mavsumga tayyorgarlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.
❇️ Tuman hokimi bino, isitish tizimlari, hudud obodonchiligi, ta’lim jarayoni, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlarga e’tibor qaratib, mutasaddilarga vazifalar belgilab berdi.
???? Shuningdek,  tuman hokimi "Yuqori Avazboy" MFY hududida joylashgan oilaviy shifokorlik punktiga ham tashrif buyurib,  mavsumga tayyorgarlik jarayonini ko‘zdan kechirdi.


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 108 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab