Rajesh Sharma: “Rishton kulolchiligi, meni o‘ziga rom etdi”
2023-11-22 16:34:43 200
Hindistonlik sayyoh nimadan lol qoldi?
So‘nggi yillarda Rishton tumaniga xorijiy mamlakatlardan sayyohlarning kelishi odatga aylanib qoldi. Ushbu sayyohlar rishton kulolchiligiga katta qiziqish bildirishayotgani esa yanada quvonarli holdir.
Bugun “Mingboshi keramik" kulolchilik klasteri muzeyiga hindistonlik sayyohlar kelib, Rishton kulolchiligi bilan yaqindan tanishishdi.
Ushbu tashrif xorijlik sayyohlarda katta taassurot qoldirdi. Ular yosh usta kulol tomonidan yaratilgan bir-biridan go‘zal san’at asarlarini katta qiziqish bilan tomosha qilishar ekan o‘zlarining hayratlarni yashira olmishmadi. Ana shulardan biri Rajesh Sharma o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
-???? Dehli shahrida istiqomat qilaman, O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish maqsadida bu yerga keldim. Buxoro va Samarqand shaharlarida bo‘ldim. O‘zbekiston bizga begona emas. Bizni hamma joyda samimiy kutib olishdi. Ochig‘ini aytsam, bu yerdagi mehmondo‘stlik, mehr-oqibatni ko‘rib hayratda qoldim. Tanimaydigan insonlarni ham doim ochiq chehra bilan kutib olishdi. Rishton kulolchiligi haqida ko‘p eshitgan edim. Jarayonlar bilan yaqindan tanishni juda istar edim. Nihoyat niyatim amalga oshdi. Taassurotlarim men kutgandan-da a’lo. Bularni shunchaki tasvirlab bo‘lmaydi. Rishton kulolchiligi meni sehrlab qo‘ydi. Go‘yoki, ertaklar mamlakatiga kelib qolgandek bo‘ldim. Barchasi ajoyib, O‘zbekiston menga bir umr xotiramda qoladigan onlarni taqdim etdi. Bu yerga do‘stlarim va yaqinlarim bilan yana bir bor kelishni maqsad qilib qo‘ydim.Ochig‘ini aytsam, Rishton kulolchiligi bizning kulolchiligimizdan ancha ilgarilab ketibdi. Naqshlar ham o‘zgacha. Bu jarayonlar katta mehnat talab qiladi. Kulollar yaratayotgan ertaknamo mahsulotlardan bahri dilingiz yayraydi.
Rishton tumani hokimligi Axborot xizmati.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi