"Dahbed" MFYdagi muammo bartaraf etilmoqda
2023-10-30 10:51:04 245
❇️ Ayni kunlarda tumanimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi «2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-408-sonli qaroriga asosan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
✳️ Xususan, tumanimizning 1-sektor hududidagi "Dahbed" mahalla fuqarolar yig‘inida kanalizatsiya muammosi mahalla ahlining ko‘pchiligini qiynab kelayotgan edi.
✍️ Ayni kunda mazkur muammoni hal etilishi bo‘yicha mahallada amaliy ishlar davom etmoqda. Mahallada kanalizatsiya tarmog‘i tortish ishlari olib borilmoqda.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi