“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tumanimiz yashillikka burkanadi – Rishtonda kuzgi daraxt ekish mavsumiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

×

 2023-10-25 17:21:33    258

PDF yuklash
Chop etish


Sektor rahbari, tuman hokimi Bahodir Xoliqov, "Nuroniy" jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi Tursunxo‘ja Abdurahmonov , ishtirokida  o‘tkazilgan seminarda MFY faollari, nuroniylar, yoshlar, ta’lim va tibbiyot muassasalari vakillari qatnashdilar.Seminarda "Rishton  tumani mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar, xotin-qizlar va yoshlar vakillarining tuman aholisiga murojaati" yana bir bor o‘qib eshittirildi. 
Daraxt ekish va uni parvarishlash, o‘zimiz yashayotgan maskanni yashil makon,   bog‘u-bo‘stonga aylantirishdek xayrli ishda xudud mutasaddilarining oldida turgan vazifalar muhokama etildi, kuzgi daraxt ekish mavsumini namunali tashkil etish masalasi muhokama qilindi.
????- Davlatimiz rahbari joriy yil 11 oktyabrda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ham mazkur masala bo‘yicha bir qator muhim takliflar bildirib, ustuvor vazifalarni belgilab berdi. Jumladan, 25 oktyabrdan  1 dekabrga qadar  yurtimizda “kuzgi daraxt ekish mavsumi” e’lon qilindi. Joriy yilning bahor mavsumida “Yashil makon” loyihasi doirasida tumanimiz bo‘ylab jami 546,1 ming donadan ziyod daraxt va buta ko‘chatlari ekilgan bo‘lsa, kuz mavsumida 24 turdagi  375 ming dona manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlari ekish belgilangan. Bundan tashqari, 0,5 gektar yer maydonida hokimlik bog‘i, 0,5 gektar yer maydonida yashil belbog‘lar tashkil etish rejalashtirilgan. Shu o‘rinda rishtonliklarni “Yangi O‘zbekiston – yashil makonda birga yashaylik!” degan olijanob g‘oyani qo‘llab-quvvatlashga, bu umummilliy harakatning natijasini har bir mahallada ko‘rsatib, havas bilan bu savobli ishda ishtirok etishga chaqiramiz, dedi tuman hokimi. 
????- Barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, fidoyilik bilan harakat qilsak, eng avvalo Prezidentimiz boshlagan ezgu tashabbusni tumanimizda Respublikamiz hududlari orasida eng namunali qilib bajaramiz, qolaversa, yurtimizning ekologik tozaligiga, yashilligiga o‘zimizning munosib hissamizni qo‘shamiz. Bunda barcha darajadagi rahbarlarni, mahalla faollarini, jamoat arboblarini, nuroniylarni, san’atkor va sportchilarni, jurnalist va blogerlarni alohida o‘rnak ko‘rsatishga chorlab qolamiz, dedi , "Nuroniy" jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi Tursunxo‘ja Abdurahmonov.
Faollar va sektor rahbarlari ishtirokida bo‘sh yer maydonlariga mevali va manzarali daraxt ko‘chatalari ekildi.

Rishton tumani hokimligi Axbarot xizmati.


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 126 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab