Tabriknoma!
2023-10-21 10:59:33 246
Hurmatli o‘zbek tili rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan fidoyilar!
Avvalombor barchangizni bugungi ayyom - O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining o‘ttiz to‘rt yilligi va «O‘zbek tili bayrami» bilan samimiy muborakbod etaman!
Til - insoniyatga in’om etilgan buyuk ne’mat! U xalq tarixi, ruhiyati, o‘zligini ifodalaydi. Binobarin, betakror madaniy-ma’rifiy boyliklar, asriy qadriyatlar shu tushunchaga payvandlanadi.
Bugun sizga tashakkurim va cheksiz hurmatimni izhor etmoqchiman!Negaki, siz kabi chinakam til fidoyilari o‘zbek tilining naqadar serjilo ekanligini dunyo mamlakatlari oldida namoyon etmoqdasiz!
Yer yuzida tillar ko‘p, lekin har bir xalq uchun o‘z tili aziz va muqaddas, davlat tili – milliy mustaqillikning timsoli, jamiyat ko‘zgusi va davlat ramzi sanaladi.
O‘zbek tili xalqimizning shu kungacha qo‘lga kiritgan yutuqlaridan eng zalvorlilari qatorida deya, hech shubhasiz, milliy tilimizni e’tirof etsak bo‘ladi.
Yana bir bor sizni bugungi ayyom bilan qutlar ekanman, bizning tumanimizdan o‘zbek tilining obro‘sini yanada ulug‘lanishiga sababchi bo‘lgan, sizdan, o‘rnak olgan yoshlarning safi kengayishiga ishonaman!
Barchamizga O‘zbek tili bayrami kuni qutlug‘ bo‘lsin!
Rishton tumani hokimi
Bahodir Xoliqov.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi