Eronlik tadbirkorning rejalari katta

×

 2023-10-14 09:29:50    273

PDF yuklash
Chop etish


Yildan-ymlga tuman iqtisodiyotiga kiritilgan xorijiy investisiyalar salmog‘i oshib bormoqda. Chet el sarmoyasi ishtirokidagi bir necha istiqbolli loyihalar hayotga tatbiq etilib, ayrim quvvatlarning to‘laqonli ishga solinishiga erishildi. Buning natijasida tumanimizning eksport salohiyati ham anchcha yaxshilanib bormoqda.  
Tumanimizdagi “Straus Farm” tuyaqushchilik kompleksi ancha shunday xorijiy korxonalaridan biridir. Ferma rahbari, eronlik tadbirkor Mehron Muhammadiy oilasi bilan bugungi kunda 90 bosh tuyaqushni parvarish qilmoqda. Xorijlik ishbilarmon bizga kelajakdagi rejalari haqida so‘zlab berdi.
Uning aytishicha, Eron texnologiyasi bo‘yicha ish yuritilsa sarf-xarajat kamayib, natija keskin ortadi. Buning uchun mavjud 16 gektar yer maydonidan oqilona foydalanish kerak. Tomchilatib va yomg‘ir usulida sug‘orish tizimi suvni uch barobar, o‘g‘itni ikki barobar tejab, samaradorlikni oshirgan bo‘lardi. Tuyaqushlar uchun ozuqa - makkajo‘xori, bug‘doy, beda, soya yetishtirishda yangicha yondashuv zarur. Shu maqsadda muayyan ishlar boshlangan. Turli ekin navlari sinab ko‘rilmoqda. 
-“Arzonning sho‘rvasi tatimas” degan naqlga amal qilaman, - deydi Mehron og‘a. – Sifatli ish katta mablag‘ talab qiladi. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi, Eronning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan maslahatlashib, ish hajmini oshirish maqsadida tomchilatib va yomg‘ir usulida sug‘orish tizimini qurish oldida turibmiz. Niyatlar amalga oshsa, yana 6 ta ish o‘rni tashkil qilamiz.Tadbirkorning orzu-umidlariga bizni quvontirdi. U noyob yetti xazina sirasiga kiruvchi  tuyaqushlar sonini  tez orada 2000 taga yetkazish uchun izlanmoqda.

Rishton tumani hokimligi Axborot xizmati


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 49 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab