Rossiyalik investor yangi loyihani amalga oshirmoqchi
2023-10-13 11:39:57 243
Rishton tumani hokimi Bahodir Xoliqov rossiyalik tadbirkor bilan uchrashdi.
Joriy yil boshidan buyon tuman iqtisodiyotiga kiritilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiya salmog‘i sezilarli darajada ko‘payganini ta’kidlash lozim. Xorij sarmoyasi ishtirokida bir qancha istiqbolli loyihalar ro‘yobga chiqarilayotgan bo‘lsa, hozirgacha ayrim quvvatlarning to‘laqonli faoliyat boshlashiga ham erishildi.
Uchrashuv jarayonida ham ayni shu jihatlar xususida atrofilicha so‘z yuritildi. Tuman hokimi bugungi kunda hududning investisiya salohiyati juda yuqori baholanishi, xomashyo resurslariga boy ekanini aytib, qurilish industriyasi, aholiga tibbiy, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish faoliyatlari bilan bog‘liq loyihalar ilgari surilsa, ularni hayotga tatbiq etish uchun mahalliy hokimlik tomonidan barcha shart-sharoit yaratib berilishini bildirdi.
O‘z navbatida, rossiyalik tadbirkor hamiliq munosabatdan mamnunlik izhor etib, jiddiy biznes hamkorlikka erishishdan manfaatdor ekanini ma’lum qildi.
Uchrashuv yakunida, rossiyalik investor uchun qulay va jozibador sharoitlarni yaratish, o‘zaro manfaatli sheriklikni har tomonlama mustahkamlash borasidagi ishlarni qat’iy davom ettirish yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Rishton tumani hokimligi Axborot xizmati.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi