⏳ Aholi muammolari o‘z yechimini topmoqda✅

×

 2023-10-12 13:18:00    248

PDF yuklash
Chop etish


Bugungi kunda hurmatli Prezidentimiz tomonidan yaratilgan “Xalq qabulxonalari” tizimi xalqimizning uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qiluvchi, aholi muammolarini tinglab, ularni ijobiy hal etish orqali xalqni rozi qiluvchi dargohga aylandi.
✅ Bunga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Rishton tumanidagi Xalq qabulxonasining aholi murojaatlari bilan ishlash faoliyati misolida amin bo‘lish mumkin.
✅ Jumladan, 2023 yilning 9 oyi davomida Rishton tumanida yashovchi aholidan O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari orqali davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlariga jami 3766 ta, (2022 yil mos davriga 5277 ta) murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, murojaatlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan -1511 taga kamaygan. 2023 yilning 9 oyi davomida kelib tushgan murojaatlarning 1572 tasi yoki 42,0 % ijobiy hal qilingan, 1167 tasiga huquqiy ma’lumot berilgan, 785 tasiga tushuntirish berilgan va 242 tasi ko‘rib chiqish jarayonida.
✅ Sektorlar rahbarlari tomonidan Xalq qabulxonasi bilan kelishilgan holda ishlab chiqilgan jadvallar asosida tuman hududidagi 71 ta mahallalarda muntazam ravishda ommaviy sayyor qabullar o‘tkazib borilganligi, vakolatli organlar ishtirokida tanqidiy muhokamalar o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilganligi, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan har bir murojaatning ijrosi Xalq qabulxonasi va sektorlar shtablari tomonidan doimiy nazoratga olinganligi, tashkilot va idoralar rahbarlarining xalq bilan muloqot tizimi to‘g‘ri tashkil etilganligi sababli, murojaatlarning 1572 tasi ijobiy hal etildi.


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 55 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab