Keksalarga hurmat – ulug‘ saodat

×

 2023-10-05 15:27:35    583

PDF yuklash
Chop etish


✍️ Rishton tumanida “Keksalar haftaligi” doirasida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Keksa avlod vakillariga alohida e’zoz va e’tibor ko‘rsatilayotir. Nuroniylar tayanch tog‘larimiz, ustunlarimizdir. Ular maslahat bersa, uzoqni ko‘zlaydi, duosi orqali el-yurt tinchligi, mehr-muhabbati, dasturxon qut-barakasi, yoshlar kamolotini niyat qiladi. Qayerda keksalar bo‘lsa, ularga e’tibor bo‘lsa, shu joyda fayz bor, baraka bor. Shu bois ham mamlakatimizda ularni ijtimoiy himoya qilish, turmush sharoitini yaxshilash va mazmunli hayot kechirishlarini ta’minlashga muhim e’tibor qaratilmoqda.
✅ Rishton tumanida “Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos ezgu fazilat” shiori ostidagi “Keksalar haftaligi” doirasida turli tadbirlar, uchrashuvlar tashkil etilmoqda. 
Ana shunday uchrashuvlardan biri Zohidon MFYda o‘tkazilib, tumandagi 13-33-20- maktablarning 60 nafardan ortiq o‘quvchilariga Vatan tayanchi embelemasi va guvohnomasi tantanali ravishda topshirildi. 
Tadbirda Tuman hokimining maslahatchisi, Nuroniy jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi T. Abdurahmonov, tuman mudofaa bo‘limi xodimlari, mahalla faoli Gʻ. Holboyev, iste’fodagi polkovnik A. Isroilov, Amirobod javohiri fermer xo‘jaligi rahbari A. Niyozovlar ishtirok etishdi.


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 39 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab