1 OKTYABR – O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI BO‘LIB O‘TDI

×

 2023-09-29 13:57:54    210

PDF yuklash
Chop etish


Sana munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbiriga ta’lim tizimida ko‘p yillar mehnat qilgan faxriy pedagoglar, tumandagi umumiy ta’lim muassasalarida fidokorona mehnat qilayotgan o‘qituvchi va murabbiylar hamda maktabgacha ta’lim muassasalarida samarali mehnat qilayotganlar taklif etildi.
Dastlab tadbirda so‘z olgan tuman hokimi Bahodir Xoliqov barcha soha xodimlarini 1oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Tuman hokimi tabrik so‘zida mamlakatimizda keyingi 5 yil mobaynida muhtaram Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tashabbuskorligida bog‘cha, maktab va oliy ta’lim tizimida ishlayotgan tarbiyachilar, o‘qituvchi va ustozlar mehnatini munosib qadrlash, ularning ish haqini, jamiyatdagi nufuzini oshirish bo‘yicha muhim qadamlar qo‘yilganligini ta’kidlab, keyingi ikki yilda ham tumanimizda 10 dan ortiq  maktablarda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga  oshirildi.  “Tashabbusli byudjet” loyihasi  bo‘yicha 10 ta maktabimizning moddiy-o‘quv texnik bazasi boyitildi, qo‘shimcha o‘quv binolari qurilib,  o‘quvchilar ixtiyoriga topshirilganligini aytib o‘tdi.
Tadbirda ta’lim sohasida namunali faoliyat yuritib kelayotgan o‘qituvchi va murabbiylar fidokorona xizmatlari uchun esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
Konsert dasturida san’atkorlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar, sahnalashtirilgan chiqishlar ustozlar uchun ajoyib bayram kayfiyatini ulashdi.


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 114 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab