Rishton va Kutaxya o‘rtasida memorandum imzolandi
2023-09-23 13:34:58 259
Hamkorlik ufqlari
Bugun Rishton tumanida yana bir tarixiy voqea sodir bo‘ldi. Tuman hokimligida Turkiyaning Kutaxya shahri va Rishton tumani o‘rtasida birodar shaharlar memorandumi imzolandi.
Memorandum imzolash tadbirida Rishton tumani hokimi Bahodir Xoliqov, Kutaxya shahri baladiya bashkani (hokimi) Alim Ishik, RIshton tumani IIB boshlig‘i Shavkat Mavlonov, tuman hokimi o‘rinbosari Abduqahhor Jo‘raboyevlar ishtirok etishdi.
Memorandumni imzolashdan ko‘zlangan asosiy maqsad Rishton tumani va Kutaxya shahri o‘rtasida birodarlik aloqalarini o‘rnatish, ikki tomon o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat.
Kutaxya shahri o‘zining noyob kulolchilik mahsulotlari bilan dunyoga mashhur bo‘lib, Turkiya milliy kulolchilik an’analarining yetakchisi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Ozarayjonning Ismoili, Yaponiyaning Maydzuru, Italiyaning Deruta, Turkiyaning Iznik shaharlari bilan Rishton tumani o‘rtasida birodarlashgan shaharlari sifatida memorandum imzolangan edi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi