Rishtonda Xalqaro kulolchilik forumi boshlandi

×

 2023-09-22 15:39:43    493

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Rishton tumanida Xalqaro kulolchilik forumi ish boshladi. Xalqaro kulolchilik markazida xorijlik va mahalliy kulollarning mahsulotlar ko‘rgazmasi va savdosi tashkil etildi. Unda 22 ta xorijiy davlatdan kelgan kulollar va mahalliy usta kulollar ishtirok etishdi. Forumning ochilish marosimida viloyat hokimi o‘rinbosari Fayzullo Qosimov, O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev, Rishton tumani hokimi Bahodir Xoliqov va xorijlik taniqli hunarmandlar va mutaxassislar ishtirok etdilar.
Bugun shuningdek, “Chinor plyus 2020” majmuasi anjumanlar zalida Xalqaro kulolchilik forumi doirasida  “XXI asr kulolchiligi: an’analar va innovatsiyalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ham bo‘lib o‘tdi.
Forum doirasida tuman istirohat bog‘ida madaniy dasturlar Jumladan; halq sayli, osh tanlovlari, Hunarmandlar ko‘rgazmasi, konsert dasturlari namoyish etildi.


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 68 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab