Pandigon MFYda “Zakovat” intelektual o‘yinining tuman bosqichi o‘tkazildi

×

 2023-09-15 16:53:02    381

PDF yuklash
Chop etish


Bugun “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlari asosida bunyodkorlik ishlari olib borilayotgan Pandigon MFYda yana bir ma’naviy ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Pandigon MFYdagi "Oq-qush" to‘yxonasida besh tashabbus olinpiadasining 2- mavsumi,  tumanidagi 67 ta umumta’lim maktablari o‘rtasida “Zakovat” intelektual o‘yinining tuman bosqichi o‘tkazildi. 
Musobaqada 67 ta umumta’lim maktablaridan tashrif buyurgan o‘quvchilar qizg‘in kurash olib bordilar. Natijada 1-o‘rinni 52-umumta’lim maktabi, 2-o‘rinni 33-umumta’lim maktabi, 3-o‘rinni esa 30-IDUM maktabi  jamoalari egallashdi. 
Tadbir nihoyasida g‘oliblar munosib taqdirlandilar. Gʻolib jamolarga “Faxriy yorliq” va esdalik sovg‘alari topshirildi. Mazkur tadbirning ochilish marosimida so‘z olgan viloyat hokimi o‘rinbosari Fayzulla Qosimov musobaqa ishtirokchilariga omad tiladi. 
Ma’lumot uchun, tuman (shahar) bosqichida dastlabki uchta o‘rinni egallagan jamoalar viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 62 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab