MUNOSABAT
2023-09-14 11:41:36 310
Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan Rishton tumani “Markaz” MFYda yashovchi Umidaxon ismli fuqaro 4 nafar farzandi bilan moddiy yordamga muxtojligi, biroq murojaatlarga qaramasdan hokimiyat tomonidan yordam berilmagani, aliment pullari ham olib berilmagani haqidagi murojaat yuzasidan tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Rishton tumani Buloqboshi MFYda 15.06.1990 yilda tug‘ilgan Kenjayeva Umida Nazirjonovna, 4 nafar farzandning onasi bo‘lib, 2020 yildan buyon Markaz MFY Rishton ko‘chasi 10 uy 18 xonadonda ko‘p qavatli uylarda ijara asosida istiqomat qilib kelmoqda.
Fuqaro, Kenjayeva Umida Nazirjonovna Rishton tumani hokimligiga murojaat qilganidan so‘ng, dastlab 2022 yilda 3- bosqich «Ayollar daftari» ruyxatiga Buloqboshi MFY tomonidan kiritilib 1 million 200 yuz ming so‘m pul mablag‘i berilgan. 2023 yilda Markaz MFY tomonidan 4-bosqich «Ayollar daftari» ruyxatiga qayta kiritilib, ijarada yashayotgan uyining 6 oylik ijara puli (uch million so‘m) «Ayollar daftari» jamg‘arma mablag‘lari hisobidan to‘lab berilgan.
Shuningdek, «Markaz» MFY tomonidan shu kunga qadar, oziq-ovqat maxsulotlari 2023 yil 10 iyulda ijarada yashayotgan uyiga olib borib berilgan, 2023 yil 30 avgust sanasida xomiylar hisobidan 500000 (besh yuz ming so‘m )naqd pul mablag‘i va farzandining maktab formasi hamda o‘quv qurollari bilan ta’minlangan.
O‘z navbatida, ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan iddaolar yolg‘on ekanligini ma’lum qilamiz.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi