Jahon chempionati sovrindorlari munosib kutib olindi
2023-09-14 11:26:42 254
Italiyada bo‘lib o‘tgan Butunjahon Sport o‘yinlarida sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan Jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yakunda oltin va kumush medal sohibiga aylangan rishtonlik sportchilar - Sodirjon Mahmudov va Nurullo Ibrohimovlar bugun tantanali tarzda kutib olindi.
Rishton tumani hokimi Bahodir Xoliqov chempionni olqishlar ekan, uni kamolga yetkazgan, sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun munosib shart-sharoit yaratib bergan ota-onasiga va yaqinlariga chuqur minnatdorlik bildirdi.
Jahon chempionati sovrindorlariga Rishton tumani hokimining esdalik sovg‘alari tantanali tarzda topshirildi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi