"T.Ahmedov" mahallasining yana bir qismi ichimlik suvi bilan ta’minlanadi
2023-08-19 08:54:50 249
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Mahallabay” ishlash tizimi qisqa fursatlarda amaliyotga aylandi. Mahalla - odamlarining dardu tashvishlari hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaqindan biladigan tuzilma. Hozirgi kunda Rishton tumani aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash hamda yaxshilash borasida jamiyatimiz tomonidan bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda.
Xullas, ishlar natijasida mazkur hududda istiqomat qiluvchi aholining markazlashgan ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanishi bilan birga, suv ta’minotidagi muammolar barham topib, iste’molchilarimizning ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojlari qondiriladi.
Hozirda davlat dasturi asosida "T. Ahmedov" mahallasida 3.2 km ichimlik suvini tortish, bitta yangi quduq qazish, transfarmator o‘rnatish kabi ishlar jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi