Navoiy MFYda tadbirkorlik yanada rivojlanadi
2023-08-16 13:45:29 301
Yurtimizda hududlarni ma’lum sohaga ixtisoslashtirish ishlari boshlanganidan so‘ng ko‘plab mahallalarda oilaviy tadbirkorlar soni ortib boryapti. Qaysidir tuman dehqonchilikda, yana biri pillachilik, boshqasi kasanachilikda ilg‘or hududga aylanib, aholi "bir mahalla — bir mahsulot" tamoyili asosida daromad topa boshladi.
Rishton tumanining “Navoiy” mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘plab fuqarolar tayyor-yarimtayyor chinni mahsulotlar ishlab chiqarish hamda xorijiy bozorlarda sotish bilan shug‘ullanadi.
E’tiborlisi, hokim yordamchisi Shuhrat Zokirovning tashabbusi va qo‘llab-quvvatlovi bilan ushbu yo‘nalishda tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan yoki kengaytirayotgan oilalar soni yildan-yilga ortib bormoqda.
Bugun tuman hokimi Bahodir Xoliqov ayni mahallada bo‘lib, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish orasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Hududdagi fuqarolar va tadbirkorlar bilan dildan suhbatlashib, ularning taklif va muammolarini o‘rgandi.
Tuman hokimi ushbu huddudagi tadbirkorlarga eng yaqin ko‘makchi ekanini ta’kidlab, ularni qiynab kelayotgan muammolarini tizimli hal etish bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi