RASMIY MUNOSABAT

 2023-08-14 13:25:38    196

PDF yuklash
Chop etish


“Ruxsor” teleradiokanalining “Ob’yektiv” ko‘rsatuvi va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan 28-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti Rishton tumani maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi quyidagilarni ma’lum qiladi. Qoshqayron MFY xududida joylashgan 28-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 1992 yil zamonaviy loyihalar asosida quvvati 280 o‘rinli qilib qurilgan. Hududda 3-7 yoshli bolalar soni 180 nafarni tashkil qiladi, shundan 120 nafari 28-sonli DMTTga qamrab olingan.28-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining umumiy yer maydoni 12890.0 m2 bo‘lib, DMTTda qurilganidan buyon qurilish ta’mirlash ishlari amalga oshirilmagan. 28-sonli DMTTning bo‘sh  turgan 140 o‘rinli binosiga  Tuman hokimining 2022 yil 19 avgust’ kungi №322-11-158-Q/22-sonli qaroriga asosan nogironlarga ixtisoslashtirilgan 64-sonli DMTT tashkil etilgan. Tuman hokimining 64-sonli DMTTni tashkil etish bo‘yicha tasdiqlangan qarorida bino o‘zi ko‘rsatilgan bo‘lib, 2023 yil 22 iyun kungi №159-11-158-Q-/23-sonli qaroriga asosan 28-sonli DMTTning foydalanmay turgan 140 o‘rinli binosi xamda 5000.0 m2 yer maydoni ajratlgan. Hozirgi kunda qurilish ta’mirlash ishlari boshlanish arafasida.  Qoshqayron MFY xududidagi 28-sonli DMTT 2025 yilda mukammal ta’mirlash uchun davlat investsisiya dasturiga taklifi berilgan. 28-sonli DMTTni mukammal ta’mirlashda 140 o‘rinli asosiy binoning eshik va romlari zamonaviy AKFAga almashtirish, guruh pollarini ta’mirlash, asosiy binoning tashqi fasat qismini ta’mirlash, mavjud bolalar yozgi ayvonchalarini buzib qayta qurish, chegara atrof devorlarini to‘liq o‘rash, zamonaviy loyixalar asosida oshxona binosini qurish, binoning tom qismini ta’mirlash ishlari amalga oshirish taklifga kiritilgan.


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 116 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab