Rishton tumani hokimi Bahodir Xoliqovning davlat soliq xizmati organlari xodimlari kuni munosabati bilan bayram tabrigi
2023-08-12 10:33:59 372
Bugun, 12 avgust - O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari xodimlari kuni.
Hurmatli davlat soliq xizmati organlari xodimlari!
Mamlakatimiz soliq xizmati organlari mustaqil davlatimiz bilan birgalikda katta taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tyapti. So‘ngi yillar davomida puxta o‘ylangan, uzoq muddatga mo‘ljallangan strategiya asosida sohani har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha ulkan islohotlar amalga oshirildi. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan adolatli, shaffof va uzoqqa mo‘ljallangan tizimni yaratishga qaratilgan soliq islohotlari iqtisodiy, huquqiy jihatdan har tomonlama asoslangan hamda soliq to‘lovchilar uchun qulay va manfaatli ekanini hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Belgilangan tamoyillarni joriy etish uchun yangi soliq konsepsiyasi va Soliq kodeksi qabul qilindi.Tadbirkorlik uchun keng va teng raqobat maydonida erkin faoliyat yuritish imkoniyati vujudga keldi. Soliq yukining kamayishi soliq to‘lovchilar soni va byudjetga soliq tushumlarining oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.Bir so‘z bilan aytganda, soliq xizmati organlarining xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan yangi imidji yaratilmoqda. Eng asosiysi, o‘zgarishlar xalqimiz hayotida o‘zining ijobiy samarasini ko‘rsatyapti. Soliq majburiyatlarini bajarish koeffisiyentlari oshib, byudjet tushumlari ortib bormoqda.
Hurmatli soha fidoyilari!
Mashaqqatli, ammo sharafli faoliyatingizda barchangizga sihat-salomatlik, shaxsiy hayotingizda yutuq va omadlar, oilalaringizga baxtu saodat, fayzu baraka tilayman.
Bahodir Xoliqov,
Rishton tumani hokimi
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi