Rishton tumanida “O‘qituvchi va murabbiylar salomatligi oyligi” aksiyasi doirasida tibbiy ko‘rik o‘tkazilmoqda

×

 2023-07-20 11:17:52    392

PDF yuklash
Chop etish


Rishton tumani tibbiyot birlashmasi tomonidan  “O‘qituvchi va murabbiylar salomatligi oyligi” aksiyasi doirasida tibbiy ko‘rik tashkil etildi. 
Tibbiy ko‘rikka Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tizimidagi o‘qituvchi va murabbiylar qamrab olinmoqda.
Ularning salomatligi bilan bog‘liq masala va muammolarga, tuman davolash profilaktika muassasalarining nevropatolog, urolog, ginekolog, oftalmolog, stomatolog, okulist, endokrinolog kabi tor doira mutaxassislaridan aniq javob olishlari mumkin.  
Kecha o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik jarayonlariga 300 ga yaqin o‘qituvchi va murabbiylar kelgan bo‘lsa, avgust oyining 10 sanasiga qadar o‘qituvchi va murabbiylar to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. 
Eng muhimi, tibbiy ko‘rik natijalariga qarab, sog‘ligida muammosi bor, davolanishga muhtoj o‘qituvchilarga viloyat va shahar davolash profilaktika muassasalarida stasionar davolanish uchun tavsiya va maslahat beriladi. Tibbiy ko‘rik va davolanish bilan bog‘liq barcha xarajatlar davlat tomonidan qoplab beriladi. Bu esa 2023 yil — “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” da davlatimiz tomonidan o‘qituvchi va murabbiylarga g‘amxo‘rlik namunasi hisoblanadi.


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab