Jinoyatchilikka qarshi kurashish yo‘lidagi muhim vazifalar muhokama qilindi
2023-07-19 14:25:25 499
Rishton tumani hokimligi majlislar zalida jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari, tuman prokuraturasi, ichki ishlar bo‘limi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, masalalarga aloqador tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda asosan, joriy yilning o‘tgan davr davomida tumanda umumiy jinoyatchilik holati, dinamikasi, jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar masalalari muhokama qilindi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tuman prokurori R. Madaliyev, tuman IIB boshlig‘i H. Toshpo‘latov va mutasaddilarning axborotlari tinglandi.
Hisobot davrida tumanda sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar, ushbu xavfli illatlarni keltirib chiqargan sabablari hududlar va mahallalar kesimida batafsil tahlil qilindi.
Jinoyatchilikni jilovlash yuzasidan belgilangan muhim vazifalarni tegishli mas’ul tashkilotlarning mustahkam hamkorligida og‘ishmay ado etish yuzasidan qo‘shimcha zaruriy chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shuningdek, jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha namuna ko‘rsatgan bir guruh profilaktika inspektorlari faxriy yolliq bilan taqdirlandi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi