⚡️Hokimlik qabuli: Har bir murojaat – e’tiborda!
2023-07-06 14:58:24 324
????Bugun tuman xalq qabulxonasi binosida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Qabulda muammosi va murojati bo‘lgan fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbatlashib, murojaatlarini birma-bir tinglandi.
????Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda tuman hokimi, sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, Xalq qabulxonasi mudiri va tumandagi mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida yer olish, moddiy yordam, ishga joylashtirish, kredit olish, ichimlik suvi o‘tkazish va davolanish uchun yordam berish bilan bog‘liq 30 ta murojaatlar kelib tushdi.
♻️Muammolar bo‘yicha tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida zarur choralar ko‘rildi. Murojaatlarning 7 tasi shu joyning o‘zida hal etilgan bo‘lsa, 8 ta masalaga huquqiy tushuntirish berilib, qolgan masalalar ijroga qaratildi.
????Ta’kidlangandek, har bir murojaat asoslicha o‘rganilib chiqiladi va qonuniy yo‘l bilan yechimini topadi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi