"INVIVO MED" KLINIKASI O‘Z FAOLIYATINI BOSHLADI

×

 2023-07-04 14:26:16    332

PDF yuklash
Chop etish


So‘nggi yillarda mamlakatimizda xususiy tibbiyot muassasalarini tubdan rivojlantirish, ayniqsa, kasalliklarni aniqlash, tashxis qo‘yish va davolash sohasida yuqori tibbiyotning so‘nggi texnologiyalarini qo‘llash ustuvorlik kasb etmoqda. Aholiga yuqori malakali tibbiy xizmat ko‘rsatishga qaratilgan xizmatlar ko‘lami va turlari sezilarli darajada yaxshilanmoqda.Aholi sog‘lig‘ini muhofaza qilish, sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishda nodavlat davolash muassasalarining o‘rni tobora oshib bormoqda. Zero, sohada olib borilayotgan islohotlar zamirida ham aynan bemorlarga zamonaviy texnologiyalar asosida xizmat ko‘rsatish, odamlar ortiqcha vaqt va mablag‘ sarflab, poytaxtdagi klinikalarga bormasliklari uchun har bir hududda tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini yaxshilashdek muhim vazifalar mujassam.Bugun tumanimizdagi "Invivo med" xususiy   klinikasi o‘z faoliyatini boshladi. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda tuman hokimi Sufxonjon Soliyev, tuman prokurori Rustamjon Madaliyev, mehnat faxriylari, sog‘liqni saqlash tizimi vakillari, klinika jamoasi, ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etishdi.Jahon andozalariga mos, umumiy loyiha qiymati  7 mlrd so‘mni tashkil etadigan ushbu 2 qavatli tibbiy muassasasi tadbirkor Iroda O‘rinova tomonidan bunyod etildi. Shuning 6,3 mlrd so‘mi tashabbuskor mablag‘i va 700 mln so‘mi “Mikrokreditbank”  mablag‘i hisobiga bunyod etildi. Bu yerda bemorlarga tashxis qo‘yish va davolash uchun malakali vrach va tibbiyot xodimlari jalb etilgan bo‘lib, eng zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Bemorlar va jamoa a’zolari uchun barcha zarur sharoitlar bekamu-ko‘st yaratilgan. Mazkur tibbiyot muassasasida oyiga 2 ming nafar bemorlarni qabul qilish, shuningdek, yiliga 2,5 mlrd. so‘m daromad olish rejalashtirilgan.Yangi xususiy klinikasining ishga tushirilishi hisobiga 15 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 200 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab