YANGI KAFE OCHILDI
2023-07-04 14:15:18 345
Bugun Rishton tumanida investisiya dasturi asosida barpo etilgan "Begimoy" nomli kafe hamda tort va pishiqlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan majmuaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida Rishton tuman hokimi S. Soliyev hamda tuman prokurori R. Madaliyevlar ishtirok etishdi. Ushbu marosim haqiqiy bayramga aylanib ketdi.Tadbirkor Odiljon Marupov tomonidan tashkil etilgan ushbu majmuaning loyiha qiymati 3,9 mlrd so‘mni tashkil etadi. Ushbu loyihaning ishga tushishi natijasida 20 ta yangi ishchi o‘rni yaratildi. "Begimoy" kafesida yangi ta’m, mazzali yeguliklar, a’lo kayfiyat va shinamgina muhit qarshi oladi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi