Rishton tumani davlatga don sotish rejasi ortig‘i bilan bajardi

×

 2023-06-26 14:35:35    407

PDF yuklash
Chop etish


Rishton tumanida 2023 yil hosili uchun 229 nafar fermer xo‘jaligining 7 ming 650 gektar maydonlarida boshoqli don ekinlari yetishtirildi. Ushbu maydonlardan o‘rtacha 80 syentnerdan - jami 61 ming 200 tonnaga yaqin hosil olinishi belgilangan edi.
Shundan davlat xaridi uchun 10 ming 111 tonna, birja savdolari orqali sotish uchun 8 ming 89 tonna, klaster ehtiyoji uchun 8 ming 500 tonna xarid qilish rejalashtirilgan bo‘lib, bugun - 23 iyunga kelib, mazkur rejalarning barchasi ortig‘i bilan bajarildi.
Agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida sifatli olib borilishi va g‘allani qisqa muddatda yig‘ib olish maqsadida tegishli otryadlar tuzilib, zarur texnikalar bilan ta’minlanishi o‘z samarasini berdi.
Tumandagi "Yoshlik chaqmoqlari", "Rishton Muxtorjon yerlari", "Agranom Aliyev", "Xoliqov Yo‘lchiboy", "Mamajon", "Oq qayin zamini", "Roshidon yuksalish", "Yo‘ldosh ota bolalari", "Roshidon Davroni", "Diyorbek Bekmurodjon kelajagi", "Madamin Maxsim", "Xosil siri", "Roshidon sarboni", "Buloqboshi gulshani", "Ixtiyor SMIK", "Umidli tong yulduzi", "Sobirjo Ergashev"  kabi o‘nlab fermer xo‘jaliklari g‘alla rejasini ortig‘i bilan bajarishda jonbozlik ko‘rsatib, har bir gektar g‘alla maydonidan o‘rtacha 80-90 syentnerdan yuqori hosil olishga erishdilar. Hozirda boshoqli don yig‘ishtirib olinmagan g‘allazorlarda o‘rim-yig‘im mavsumi qizg‘in davom etmoqda.


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 46 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab