OAV vakillari, jurnalist va blogerlar e’tirof etildi

×

 2023-06-23 17:44:06    328

PDF yuklash
Chop etish


Bugun "27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni" munosabati bilan Rishton tumani hokimligi tashabbusi bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirga matbuot sohasida uzoq yillar samarali mehnat qilib tumanda chinakam milliy jurnalistika maktabini shakllantirishda hissa qo‘shgan faxriy jurnalistlar, “Rishton haqiqati” gazetasi tahririyati xodimlari, OAV vakillari va blogerlar taklif qilindi. Bir piyola choy ustida o‘tkazilgan dildan suhbatlarda tuman matbuoti tarixi, buguni va kelgusida hamkorlikda qilinishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar haqida so‘zlashildi. Faxriy ijodkorlarlar, jurnalist va blogerlar yurtimizda so‘z erkinligini ta’minlash tobora mustahkamlanib borayotgani xususida fikr bildirishdi.Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi S. Soliyev, tuman sektor rahbarlari, AOKA Farg‘ona viloyat boshqarmasi boshlig‘i I. Halimbekovlar yig‘ilganlarni bayram bilan qutlashdi.Mamlakatimiz, viloyat va tumanimizda ro‘y berayotgan voqeliklarni o‘quvchilarga tezkor va aniq yetkazishda, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi islohotlarni keng yoritib borishda OAV xodimlarining faolligi hamda sharafli mehnatlari e’tirof etildi.       Soha fidoiylariga tuman hokimining faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari topshirildi.


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 79 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab