YANGI O‘ZBEKISTON - YANGI IMKONIYATLAR DAVRI!

×

 2023-06-14 10:53:56    440

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Rishton tumani hokimligida Yaponiyaning "TAKII" kompaniyasi vakillari hamda tuman hokimi ishtirokida savdo-iqtisodiy sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan uchrashuv tashkil etildi. 
Tadbirda  Rishton tumani hokimi Sufhonjon Soliyev, tuman hokimi o‘rinbosari, Investisiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i Abduqahhor Jo‘raboyev,  "TAKII" kompaniyasi vakillari Tomoyuuki Osaki, Yasuaki Kariba va Rishton-Yaponiya madaniy iqtisodiy aloqalar markazi direktori Gʻanisher Nazirovlar ishtirok etdilar. 
Ushbu  uchrashuv Rishton imidjini ilgari surish va Yaponiya mamlakati bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qaratildi. 
Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, ishtirokchilar kelgusida ham faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida bunday uchrashuvlarni tez-tez o‘tkazilishini belgilab oldilar.
Ma’lumot uchun:  "TAKII" kompaniyasi 1835 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda urug‘chilik, sabzavotchilik bilan shug‘ullanib keladi. Yaponiyada ushbu kompaniyaning 10 ta filiali faoliyat yuritadi. Bundan tashqari,  AQSH, Meksika, Gollandiya, Ispaniya, Fransiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Vengriya kabi dunyoning 15 ta mamlakatida ham filiallari mavjud.


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 138 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab