MASALAGA OYDINLIK KIRITILDI
2023-06-05 19:18:59 250
Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan "Rishton tumani, Markaz MFYda yashovchi fuqaro Habibullo Xoliqovning unga ajratilgan yerning yarmi boshqa fuqaroga berilgani iddao qilingan murojaati yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari N. Oripov boshchiligidagi ishchi guruhi tomonidan o‘rganildi.
O‘rganishlar natijalariga ko‘ra, Markaz MFYda yashovchi X. Xoliqovga Dehqonobod MFYdagi 11 sotix yer ajratilgani aniqlandi.
Bugungi kunda fuqaroning Dehqonobod MFYdagi 11 sotix yer maydoniga egalik qilish huquqini beruvchi hujjat tayyorlanayotgani ma’lum bo‘ldi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi