Mehnat yarmarkasi o‘tkazildi
2023-05-24 14:40:54 330
Bugun tuman Istirohat bog‘ida tumandagi band bo‘lmagan fuqarolar, jumladan, ishsiz yoshlar, ayollar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.
O‘tkazilgan mehnat yarmarkasida tumandagi korxona va tashkilot raxbarlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari mas’ul xodimlari hududlaridagi ish bilan band bo‘lmagan fuqarolari ishtirok etdilar.
O‘tkazilgan mehnat yarmarkasida tumandagi 32 ta korxona, tashkilot, muassasalar o‘zlarida mavjud bo‘lgan 281 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdilar. Mehnat yarmarkasida tumanda yashovchi 114 nafar fuqarolar (94 nafar ayollar, 57 nafar yoshlar) jalb etildi.
O‘tkazilgan mehnat yarmarkasida 18 nafar (12 nafar ayollar, 5 nafar yoshlar) fuqarolarga ishga joylashtirish uchun yo‘llanmalar berildi. Shuningdek, mehnat yarmarkasida 15 nafar (15 nafar ayollar, 7 nafar yoshlar) fuqarolar tikuvchilik yo‘nalishida o‘quv kurslariga jalb etildi.
Shu bilan birga yarmarka davomida tumandagi kam ta’minlangan “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan 60 nafar xotin-qizlarga Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan jami 258 mln so‘m miqdorida subsidiya mablag‘lari ajratilib, tikuvchilik yo‘nalishida mehnat faoliyatlarini boshlashlari va shu orqali o‘zini o‘zi band qilishlari uchun zamonaviy tikuv mashinalari bilan va 4 nafar fuqarolarga har biri 30 mln so‘m miqdorida bo‘lgan yuk tashuvchi mototsikl ta’minlandi.
Shuningdek, bugun 4 nafar imkoniyati cheklangan nogironligi bo‘lgan fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilish maqsadida ularga nogironlik aravachalari tarqatildi.
Shuningdek, ushbu tadbir davomida 13 nafar fukarolarga mehnat qonunchiliga oid maslahatlar berildi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi