Rishtonda Turkiy xalqlar hunarmandchiligi Forumi doirasida “Kulollar sayli” milliy kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosi bo‘lib o‘tdi
2023-05-12 18:03:01 229
Avval xabar berib o‘tganimizdek, bugun Rishton tumanidagi "Istirohat bog‘i"da an’anaviy “Turkiy xalqlar hunarmandchiligi” Forum doirasida “Kulollar sayli” milliy kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosining ochilish marosimi o‘tkazildi.Ochilish marosimida Respublika "Hunarmand" uyushmasi raisi U. Abdullayev, Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari X. Ahmedov, Rishton tumani hokimi S. Soliyev ishtirok etishdi.Tadbirda kulol hunarmandlar tomonidan mahorat darslari o‘tkazilib, unda loydan kulolchilik mahsulotlarini yasash va ularga naqsh berish jarayonlarida bevosita ishtirok etish hamda xarid qilish imkoniyati bo‘ldiTadbirga yirik sayyohlik kompaniyalari, milliy va mintaqaviy tashkilotlar, vakolatxonalar, mehmonxonalar, assosiasiyalar vakillari taklif etildi.Turkiy xalqlar hunarmandchiligi Forumi ertaga ham davom etadi
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi