Rishton tumanida ham pilla terimiga kirishildi
2023-05-10 16:56:51 238
Bugun dastlabki yetishtirilgan "Kumush tola" qabul qilib olindi. Rishton tumanida ham pillachilik bo‘yicha o‘ziga xos maktab yaratilgan. Bu yilgi mavsumda 2 ming 172 quti ipak qurti parvarishlandi. Bugun rishtonlik pillakorlar “kumush tola” terishga kirishishdi.
Tumanda ushbu mavsumda 126 tonna pilla yetishtirish ko‘zlangan. Yetishtirilgan har bir kilogramm pilla uchun qabul joyida 30 ming so‘mdan to‘lov qilinishi belgilangan. Bugun yarim tonnaga yaqin "Kumush tola" qabul qilib olindi. Birinchilardan bo‘lib pilla yetishtirgan mirishkorlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi