Fransiyalik sayyoh nimadan lol qoldi?
2023-04-28 14:11:25 368
So‘nggi yillarda Rishton tumaniga xorijiy mamlakatlardan sayyohlarning kelishi odatga aylanib qoldi. Ushbu sayyohlar rishton kulolchiligiga katta qiziqish bildirishayotgani esa yanada quvonarli holdir.
Mana bir necha kundirki, Fransiyalik sayyoh "Mingboshi keramik" oilaviy korxonasida Rishton kulolchiligi bilan yaqindan tanishmoqda.
???? - Ismim Karl (Cyril) mening yoshim 30da Fransiyaning Anessi shahrida istiqomat qilaman, - deydi fransiyalik mehmon biz bilan suhbatda. - Markaziy Osiyoga sayoht qilish maqsadida o‘z avtomobilim bilan yo‘lga chiqdim. Bundan oldin bir hafta Tojikistonda bo‘ldim. Bir necha kundan beri esa Rishtondaman. Bu yerda ham yetti kun qolmoqchiman. Keyin Qirg‘izistonga yo‘l olaman. Ochig‘ini aytsam, bu yerdagi mehmondo‘stlik, mehr-oqibatni ko‘rib hayratda qoldim. Tanimaydigan insonlarni ham doim ochiq chehra bilan kutib olishmoqda. Rishton kulolchiligi haqida ko‘p eshitgan edim. Jarayonlar bilan yaqindan tanishni juda istar edim. Nihoyat niyatim amalga oshdi. Taassurotlarim men kutgandan-da a’lo. Bularni shunchaki tasvirlab bo‘lmaydi. Rishton kulolchiligi meni sehrlab qo‘ydi. Go‘yoki, ertaklar mamlakatiga kelib qolgandek bo‘ldim. Barchasi ajoyib, O‘zbekiston menga bir umr xotiramda qoladigan onlarni taqdim etdi. Bu yerga do‘stlarim va yaqinlarim bilan yana bir bor kelishni maqsad qilib qo‘ydim.
Rishton tumani hokimligi Axborot xizmati
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi