BILGANGA ISSIQXONA DAROMAD MANBAI
2023-04-27 19:02:52 244
Mahallalarda tomorqadan unumli foydalanib, har qarich ekin yerini bo‘sh qoldirmay, halol-pokiza mehnati orqasidan mo‘may foyda orttirayotgan xo‘jaliklar safi kengaymoqda. Mamlakatimizda har bir oilaning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida “Har bir oila – tadbirkor” dasturi amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Rishton tumani "Gumbaz" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi Saboxon Ahmedova o‘z oila a’zolari bilan maslahatlashib, issiqxona barpo qildi.
1,5 sotix maydondagi issiqxonada bugungi kunda bodring ko‘chatlari gullab, sabzavotlar tayyor holatga kelgan.
Issiqxona ishga tushganiga ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa-da, ikki marotaba hosil olishga erishdi.
- Erta bahordan ekilgan bodiring daromadidan oilamda to‘kin sochinlik, orzu-niyatlarimga erishib kelyapman va to‘ylar qilyapman- deydi Saboxon opa biz bilan suhbat chog‘ida. - Yetishtirayotgan mahsulotlar bilan bozorda o‘z o‘rinim borligidan va qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan yetishtirib oz bo‘lsa ham bozorlarimizda narx-navolarni arzonlashtirishga va dasturxonlarimiz to‘kin-sochinligiga o‘z hissamni qo‘shayotganimdan xursandman.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi