DALA ISHLARI KUNDALIGI: BAHORNING BIR KUNI YILGA TATIYDI

×

 2023-04-26 11:54:29    329

PDF yuklash
Chop etish


Dehqon uchun oson kelgan yilning o‘zi yo‘q. Bu yilgi bahorning dastlabki kunlari ham ular uchun sinov bo‘ldi, tinimsiz yog‘ingarchilik tashvishga qo‘ydi. Lekin haqiqiy dehqon bundan esankirab qolmaydi. Omilkorlik bilan ish tutadi.  
Bu fikrlarni M.Topiboldiyev MTPga qarashli “Zohidon istiqboli” fermer xo‘jaligi rahbari Abdullajon Mamatovga nisbatan qo‘llashni lozim topdik. Sababi 6 gektarlik yerga urug‘lik chigit qadab bo‘lingach me’yoridan ortiq yomg‘ir yog‘di. Bu esa qatqaloq hosil qilib, chigitning yerdan unib chiqishini qiyinlashtiradi va hatto nobud qiladi. Fermer xo‘jaligi a’zolari bundan esankirab qolishmadi. Zudlik bilan qatqaloqni bartaraf qilish choralari ko‘rildi. Ayrim hududlardagi qatqaloqni kerak bo‘lsa panshaxalar bilan bo‘lsa ham yumshatib, chigitni unib chiqishiga yo‘l ochishdi. 

Mana bugun o‘sha qatqaloqdan asrab qolingan yerdagi g‘o‘zalar bo‘y ko‘rsatib, yashil qatorlar hosil qilgan. Bugun-erta yer kultivasiyaga tayyorlanyapti.  
Fermer xo‘jaligi a’zolari bu yil 38 gektar yerga viltga chidamli, hosildor, sinovdan o‘tgan “Namangan-77” navli chigit qadashdi. Har gektar yerdan olinadigan hosildorlikni 42 syentnerdanga yetkazish yoki 160 tonnadan ortiq paxta terib olish jamoa a’zolarining orzusi. Fermer xo‘jaligining Tojiboy Jo‘rayev, Akmal Madaminov kabi a’zolari Abdullajonning ko‘makdoshi. Barcha ish o‘zaro kelishilgan holda, bamaslahat amalga oshirib kelinayotgani tufayli ham fermer xo‘jaligi rejani har yili tumanda ilg‘orlar safida bajarib keladi.

- MTPga qarashli 38 ta fermer xo‘jaligining 821 gektar yeriga bu yil “Namangan-77” navli chigit ekildi. - dedi “Ruso,zbekteks” xorijiy qo‘shma korxonasi qoshidagi “Klas-ter” MCHJning M.Topiboldiyev MTP hududiga biriktirilgan agronomi Shavkatjon Hakimov. - Shundan 300 gektari urug‘lik. Ayni kunlarda barcha fermer xo‘jaliklarida g‘o‘za parvarishi bilan bog‘liq bahorgi dala ishlari ko‘ngildagidek amalga oshirilmoqda.  

Zaylobiddin YIGITALIYeV,
“Rishton haqiqati” gazetasi muxbiri.


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 131 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab