JURNALISTLAR “CHINOR PLYUS” MAJMUASIDAGI BUNYODKORLIK ISHLARI BILAN TANISHISHDI

×

 2023-04-13 12:53:15    312

PDF yuklash
Chop etish


Bugun 2023 yil 13 aprel kuni AOKA direktori va viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan reja-grafikka asosan Rishton tumanida navbatdagi press-tur o‘tkazildi. Mazkur tadbirda tumanimizda faoliyat yuritayotgan jurnalistlar, blogerlar va ijtimoiy tarmoq faollari ishtirok etishdi.
Press-tur ishtirokchilari tumanda tadbirkor Islomjon Orifjonov tomonidan qurilayotgan “Chinor plyus 2020” turistik majmuasi bilan tanishishdi. Oqer MFY hududida joylashgan, qurilish-pardozlash ishlari deyarli yakunlanayotgan ushbu majmuaning loyiha qiymati 50 milliard so‘mni tashkil etib, shundan 20 milliard so‘m tadbirkorning o‘z mablag‘i hisobiga to‘g‘ri keladi. Majmuada mehmonxona, sauna, yozgi va qishki basseyn, oshxona, majlislar zali joylashgan bo‘lib, Rishton turistik salohiyatining yanada rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shadi.Yirik inshoot bilan hamohang tarzda “Huranmandlar markazi” ham barpo etilmoqda. 
Ushbu majmua ikki qavatli bo‘lib, 1-qavati hovlisida 15 nafar hunarmand oilasi ishlashi uchun uy-joy va do‘konlar tashkil qilinyapti. Hunarmandlar o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarini shu yerda joylashgan ko‘rgazmalar zaliga qo‘yishi, sotishi va buyurtma olishi mumkin. Binoning 2-qavati foydalanishga topshirilgach bu yerda 500 nafar yoshlar kulolchilik mahsulotlariga bezak berish ishlarini amalga oshiradilar.
Kelgusi oylarda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilayotgan turistik majmuada mehmonxona, sauna, yozgi va qishki basseyn va boshqa xizmat ko‘rsatish shaxobchalari joylashgan bo‘lib, Rishton turistik salohiyatining yanada rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shadi. Ushbu majmuaga yondosh hududda barpo etilayotgan Kulolchilik markazida ham qurilish ishlari yakuniga yetkazilmoqda.


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 76 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab