Rishtonda “Ochiq byudjet”da g‘olib topilgan loyihalar soni 20 taga yetdi

 2023-04-11 05:44:44    383

PDF yuklash
Chop etish


“Tashabbusli byudjet” jarayonlarining 2023 yil 1-mavsumida ishtirok etib, har biri 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilgan 1 ming 309 ta loyihani amalga oshirish uchun qo‘shimcha 1,3 trln. so‘m mablag‘ ajratilishi belgilandi.Bunga muvofiq, Rishton tumanida “Tashabbusli byudjet” axborot portaliga kiritilgan va ma’qullanib, ovoz berish bosqichida 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan loyihalar soni (avvalroq g‘olib sifatida e’lon qilingan 6 ta loyiha bilan birga) 20 taga yetdi. Ular quyidagilar:

????7. “To‘raobod” MFY hududidagi 7 –umumiy o‘rta ta’lim maktabini kapital ta’mirlash – 5 ming 476 ta ovoz;

????8. 8 –umumiy o‘rta ta’lim maktabini asfaltlash – 4 ming 189 ta ovoz;

????9. 5-maktab ma’nan eskirgan eshik va derazalarini zamonaviy MDF eshik va alyumin profilli deraza romlarga almashtirish – 4 ming 8 ta ovoz;

????10. “Zohidon” MFY Ko‘cha chiroqlarini o‘rnatish yoki ta’mirlash (transformator, simyog‘och o‘rnatish) tadbirlari  – 3 ming 218 ta ovoz;

????11. “Mehnatobod” MFY 42-umumiy o‘rta ta’lim maktab binosini va oshxonasini mukammal ta’mirlash – 2 ming 700 ta ovoz; 

????12. “Dasht Pandigon” MFY xududidagi 32- sonli DMTT kapital ta’mirlash va devorlarini yangi qurish – 2 ming 608 ta ovoz;

????13. “Bog‘iston” MFYda qishloq vrachlik punktini ta’mirlash – 2 ming 571 ta ovoz;

????14. “T. Ahmedov” MFY hududida elektr ta’minotini yaxshilash – 2 ming 560 ta ovoz;

????15. “Anhor buyi” MFY hududidagi ko‘chalarni asfaltlashtirish – 2 ming 350 ta ovoz;

????16. 49- umumiy o‘rta ta’lim maktabi hovlisini asfaltlash – 2 ming 265 ta ovoz;

????17. “Chek Jalayer” MFYda ichki yo‘llarni asfaltlash – 2 ming 238 ta ovoz;

????18. “Dasht Tegirmon” MFY hududidagi 48-umumta’lim maktabiga sport zali qurish – 2 ming 186 ta ovoz;

????19. “So‘xobod” MFY hududida elektr ta’minotini yaxshilash – 2 ming 34 ta ovoz;

????20. 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ma’naviyat zali va maktab oshxonasini ta’mirlash. – 2 ming 16 ta ovoz;


Rishton tumani hokimligi Axborot xizmati.


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 56 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab