Rishton tumanida "Xalq Konstitusiyasi bilan xalqchil davlat sari!" shiori ostida Ma’naviyat festivali o‘tkazilmoqda
2023-04-01 14:47:06 393
Rishton tumanida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan "Xalq Konstitusiyasi bilan xalqchil davlat sari!" shiori ostida Ma’naviyat festivali o‘tkazilmoqda. Unda poytaxtimizdan kelgan taniqli olimlar, shoir va yozuvchilar, san’atkorlar hamda "Ma’rifat" targ‘ibotchilari jamiyati a’zolari ishtirok etmoqda.Rishton tumani Minor MFYda joylashgan Madaniyat markazida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan "Xalq konstitusiyasi bilan xalqchil davlat sari" shiori ostida “Ma’naviyat festivali” o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston xalq artisti Mansur Toshmatov, O‘zbekiston xalqaro adkademiyasi dosenti tarix fanlari doktori Ra’no O‘rozova, Respublika ma’naviyat markazidagi IMTI katta ilmiy xodimi falsafa fanlari doktori , O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Shaxlo Axrorova, Nixol mukofati sovrdori «Shuhrat” medali sovrindori Adolat Ismoilova, tuman nuroniylar kengashi raisi Tursunxo‘ja Abdurahmonovlar ishtirok etishib, yangilanayotgan Konstitusiya jamiyatimizning milliy taraqqiyot ehtiyojlaridan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat bo‘lib, Yangi O‘zbekistonni bunyod etishning huquqiy asoslarini mustahkamlashdagi istiqbolli qadam ekanligini ta’kidlashdi. “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyati a’zolari rishtonliklarni 30 aprel sanasida bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirishdi.Joriy yilning 30 aprel kuni mamlakatimizda muhim siyosiy tadbir – “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy Qonuni loyihasi bo‘yicha referendum o‘tkaziladi. Mazkur tarixiy voqeaga tumanimizda ham qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Joylarda aholining barcha qatlamlari ishtirokida targ‘ibot tadbirlari tashkil etilib, yangilanayotgan Konstitusiyaning mazmun-mohiyati tushuntirib berilmoqda.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi