“MEHR DAFTARI” DAGI YOSHLARGA E’TIBOR

×

 2023-03-31 15:51:28    262

PDF yuklash
Chop etish


Yetim bolalar va ota-ona qarmog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning muammolarini o‘rganish hamda hal etish, ularning  orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarishga hamda jamiyatga ijtimoiylashuviga ko‘maklashish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yetim bolalar va ota-ona qarmog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Mehr daftari” tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022 yil 17 yanvardagi  26-sonli qarori qabul qilingan. 
Qaror ijrosini ta’minlash borasida Rishton tumanida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, kecha tumandagi chin yetim, ota-ona qarmog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning 5 nafariga ko‘mak ko‘rsatildi.
Xususan, 3 nafariga mebel jihozlari va badiy kitoblar to‘plami, 1 nafariga mebel jihozlari va badiy kitoblar to‘plami va noutbuk, 1 nafariga musiqa anjomi topshirildi.
Tuman hokimi "To‘raobod" MFYda yashovchi yoshlarga mebel jihozlari va kitoblar to‘plami, noutbukni o‘z egalariga topshirar ekan, hukumatimiz tomonidan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tdi.


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 164 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab