Tuman hokimi "Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni sohiblarini qabul qildi
2023-03-25 16:39:32 289
Yaqinda Farg‘ona shahrida "Mahalla xodimlari kuni" munosabati bilan bilan o‘tkazilgan tadbirda Rishton tumani "Istiqbol" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Hamidaxon Ziyayeva, "Oqtomir" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Adhamjon Oripov, "To‘da" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Baxtiyorjon Ahrorqulovlar "Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan edilar.
Bugun tuman hokim S. Soliyev, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i X. Xojixonov, tuman nuroniylar kengashi raisi T. Abdurahmonovlar "Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni sohiblari bo‘lgan ushbu mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari bilan uchrashib, ularni ulkan yutuq bilan tabriklashdi hamda ularning keyingi faoliyatlariga omad tilashdi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi