BUJAY MFY UCHUN YANGI BINO QURILMOQDA
2023-03-09 13:48:12 541
✍️ So‘nggi yillarda mamlakatimizda demokratiyaning o‘ziga xos noyob, dunyoda o‘xshashi bo‘lmagan mazkur tuzilma faoliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mahallalar jamiyatda tinchlik-totuvlik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy urf-odat va qadriyatlarni asrab-avaylash, oilalar jipsligini ta’minlash, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, aholining kundalik muammolarini hal etishda xalqimizga eng yaqin ijtimoiy tuzilma hisoblanadi. Shu ma’noda, oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, aholi turmushi farovonligini oshirish, ularning bugungi yashayotgan kunidan rozi bo‘lib, ertangi kunga qat’iy ishonch bilan yashashini ta’minlashda mahalla institutining o‘rni va ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Bu borada Prezidentimizning 2017 yil 3 fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2019 yil 2 apreldagi “Aholi muammolari bilan ishlashda mahalla institutining mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari muhim dasturilamal vazifasini o‘tayotir.
Bugungi kunga qadar tumanimizda ko‘plab mahalla fuqarolar yig‘inlari uchun yangi binolar qurilib, MFY xodimlari uchun qulay sharoitlar yaratib berilmoqda.
Bugun 4-sektor hududidagi Bujay mahalla fuqoralar yig‘ini uchun zamonaviy loyiha asosida yangi bino qurilishi boshlandi. Bugun ishchi guruh vakillari ishtirokida ushbu binoga tamal toshi kuyilib, qurilish ishlari boshlandi.
Rishton tumani hokimligi Axborot xizmati.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi