XITOY DELEGASIYASI RISHTONDA
2023-03-01 14:27:18 304
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan viloyatimizga Xitoy Xalq Respublikasidan tashrif buyurgan malakali mutaxassislar - Chjan Si va Van Siyaolin hamning ularning yordamchilaridan iborat delegasiya Rishton tumanida bo‘lishdi. Ularga tuman hokimining birinchi o‘rinbosari A. Mustafoqulov, kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi rahbarlari, mahallalarda faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari hamrohlik qilishdi.
Delegasiya a’zolari Rishton tumanidagi "Yangi Avlod" MFY Archazor ko‘chasida yashovchi fuqarolar Muqimjon Xuddiyev, Muyassar Teshaboyeva va Navro‘z ko‘chasida yashovchi fuqaro Murodjon Shokirovlar xonadonida bo‘lishib, ular bilan suhbatlashishdi.
Shundan keyin xitoyliklar hunarmandchilikni rivojlantirish bilan qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish, aholi daromadlarini oshirish, yoshlarni kasb-xunarga yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘rish maqsadida A. Navoiy mahalla fuqarolar yig‘inidagi oilaviy korxonalarida bo‘lishdi. Tumanda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi